Fakultet dekani pedagogik amaliyot jarayoni bilan tanishdi

Hozirgi kunda sifatli kadrlar tayyorlashda talaba-yoshlar amaliyotiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirda chet tillar fakultetining rus tili va adabiyoti bakalavriat bosqichi talabalari Ajiniyoz nomidagi NDPI yonidagi akademik litseyda pedagogik amaliyotda. Fakultet dekani I.Dilmanov butun jarayon bilan yaqindan tanishish maqsadida talabalar va o‘qituvchilar bilan uchrashdi.